Skip to main content

Murojaatlar

+(99872) 226 68 10

Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburiylar. Bibliografiya

Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburiylar. Bibliografiya

Joriy yilning 25 noyabr kuni Jizzax davlat pedagogika instituti axborot-resurs markazining Ijtimoiy-gumanitar fanlarga ixtisoslashgan o‘quv xonasida Rus tili o‘qitish metodikasi kafedrasi bilan hamkorlikda mualllif Sh. Rustamxo‘jaev tomonidan ARMga hadya etilgan  “Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburiylar. Bibliografiya” nomli kitobning taqdimotiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi. Tadbirda mazkur yo‘nalishning 1- kurs talabalari,  kafedra o‘qituvchisi Z. Karimova hamda institut ARM xodimlari ishtirok etishdi. Taqdimot tadbirini ARM  bo‘lim boshlig‘i  S. Darvisheva olib bordi va “Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburiylar. Bibliografiya” nomli kitobining mazmun-mohiyati haqida to‘xtalib, mustaqillik yillarida boburshunoslik keng tadqiq etilayotgan sohaga aylanganligini,   Bobur va Boburiylar haqida, ularning tarixiy merosiga bag‘ishlangan ma’lumotlarni jamlash dolzarb zaruratga aylanganligini  ta’kidladi. Shuningdek. mavzuga doir tayyorlangan “Bobur -shoh va shoir” mavzusidagi adabiyotlar ko‘rgazmasini bo‘lim xodimasi G. Bo‘rieva ishtirokchilarga sharhlab berdi.

Jizzax davlat pedagogika instituti
Jizzax davlat pedagogika instituti
Shundan so‘ng, fakultet talabalaridan M. Ismatova, M. Jalolova, A. Shahriddinovlar “ Zaxiriddin Muhammad Bobur. Boburiylar. Bibliografiya” kitobining bibliografik tavsifi, unda keltirilgan so‘zlarning lug‘aviy ma’nosi, undagi muhim sanalar taqvimi to‘g‘risida o‘z fikrlarini bayon etishdi.
Jizzax davlat pedagogika instituti
Jizzax davlat pedagogika instituti