Oliy ta'lim muassasasi yangiliklari
Oliy ta'lim muassasasi yangiliklari
|
18/11/2019
Chop etish
Talabalik Oltin  davrim

“Talabalik Oltin  davrim “

Jizzax davlat pedagogika institutida bo‘lib o‘tgan tadbir ana shunday nomlandi.

Jizzax davlat pedagogika institutida  17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni keng nishonlandi. Tadbirni ochib bergan oliygoh murabbiylar kengashi raisi Asqar Qayumov talabalarni bayram bilan tabriklar ekan, jumladan shunday dedi: Men iqtidorli, aqlli va o‘z ustida tinimsiz ishlaydigan talabalar ta’lim olayotgan Jizzax davlat pedagogika institutida  ishlayotganimdan faxrlaman. Sizlarga  tanlagan sohangiz bo‘yicha eng yaxshi mutaxassis bo‘lishingizni hamda  yaxshi pedagog  bo‘lib el farzandiga  ilm berishingizni  O‘zbekistondek mamlakatni rivojlanishiga o‘z hissangizni qo‘shishingizni tilayman! Bayramingiz muborak bo‘lsin!”

Jizzax davlat pedagogika instituti
Jizzax davlat pedagogika instituti

Shundan so‘ng, mazkur sana munosabati bilan tadbirga tashrif buyurgan bir qator mehmonlarga  so‘z berildi. Qayd etish joizki, uchrashuv iliq munosabatda o‘tdi. Eng avval talabalar o‘zlari tayyorlagan taqdimotni namoyish etishdi. Tadbir davomida tashkilotchilar  “Yil talabasi va yoshlar vatan hizmatida rostgo‘ylik va qonunlarni hurmat qilish tarafdori “ mavzusida o‘tgan tanlovlarnin g  g‘olib talabalarini taqdirlashdi.

Jizzax davlat pedagogika instituti
Jizzax davlat pedagogika instituti

Mana shunday muhtasham binoda, oliygohda ta’lim olayotgan yigit-qizlarga qarab turib havasingiz keladi.  Ta’kidlash joiz, ular  hukumatimiz tomonidan yaratilgan  bunday imkoniyatdan unumli foydalanib, ishonchni oqlashlari lozim. Jizzax davlat pedagogika instituti jamoasi barcha talaba yigi –qizlarni “ Halqaro talabalar kuni ” bilan muborakbod etadi.

Jizzax davlat pedagogika instituti
Jizzax davlat pedagogika instituti

Talabalar kuniga bag‘ishlangan tadbiriga institut badiiy jamoasi tomonidan tayyorlangan konsert dasturi yakun  yasadi.

Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati  

 

 

 


Ulashish:
1 623
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.