Yangiliklar
Yangiliklar
|
12/08/2026
Chop etish
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda

Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.

Universitetda jami 174 nafar talabgor suhbat asosidagi imtihonlarda ishtirok etishi belgilangan. Birinchi kun Maktabgacha ta’lim yo‘nalishining 1- va 2-guruhlarida imtihonda qatnashishi lozim bo‘lgan 56 nafar talabgordan 47 nafari suhbatda ishtirok etdi.

 

Bugun, 12-avgust kuni Maktabgacha ta’lim yo‘nalishining 3- va 4-guruhlaridagi jami 56 nafar talabgor uchun imtihonlar to‘liq ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida o‘tkazilmoqda.

📹 Imtihon jarayonlarini jonli efirda kuzatish mumkin:

Onlayn kuzatuv


Ulashish:
122
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda. Universitetda jami 174...
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.