Yangiliklar
Yangiliklar
|
04/02/2026
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universiteti va “Sinergiya” korporatsiyasi o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida “Sinergiya” korporatsiyasining vitse-prezidenti Yerofeyev Mixail Valeriyevich boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv universitet rektori M.A. Yuldashevning Jizzax viloyatining iqtisodiy salohiyati va asosiy rivojlanish drayver yo‘nalishlari haqidagi ma’lumotlari bilan boshlandi. Shuningdek, universitet faoliyati, xususan, tibbiyot fakulteti haqida atroflicha axborot berildi. Uchrashuv davomida viloyat va universitet haqida tayyorlangan videoroliklar namoyish etildi hamda mehmonlarga universitet taqdimoti taqdim qilindi.

Shundan so‘ng muzokaralar boshlandi. Dastlab, tibbiyot sohasida hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Muzokaralar davomida qo‘shma ta’lim loyihalari, rus tili va adabiyoti, maktabgacha ta’lim, pedagogika va psixologiya, inklyuziv ta’lim, turizm va menejment yo‘nalishlarida qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, shuningdek, masofaviy ta’limni yo‘lga qo‘yish, pedagoglarni malakasini oshirish bo‘yicha takliflar bildirildi. Yo‘l xaritasi ishlab chiqishga kelishib olindi. Uchrashuv yakunida mehmonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ma’lumot uchun: “Sinergiya” korporatsiyasi Rossiya Federatsiyasida faoliyat yurituvchi yirik xususiy biznes-korporatsiya bo‘lib, ta’lim va biznes yo‘nalishidagi 50 dan ortiq tashkilot va kompetensiya markazlarini birlashtiradi. Korporatsiya ta’lim, marketing va texnologik xizmatlar sohasida keng ko‘lamli faoliyat olib boradi.


Ulashish:
2 664
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.