Yangiliklar
Yangiliklar
|
02/03/2026
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilarning Zominga sayohati davom etmoqda.

Bir guruh professor-o‘qituvchilar va xodimlar joriy yilning 28-fevral – 1-mart kunlari “O‘zbekistonning Shveysariyasi” sifatida e’tirof etiladigan Zomin tumaniga sayohat uyushtirdilar.

Ishtirokchilar Zomin turistik-rekreatsion zonasi hududida, “Suffa” tekisligida barpo etilgan zamonaviy mehmonxonaga joylashib, tog‘ bag‘rida mazmunli dam oldilar. Tonggi musaffo havo, qorli cho‘qqilar va archazorlar bag‘ridagi betakror manzaralar barchada ko‘tarinki kayfiyat uyg‘otdi.

Sayohat davomida jamoa a’zolari dor yo‘li orqali balandlikka ko‘tarilib, tabiatning go‘zal manzaralarini tomosha qildilar. Yashil archazorlar va uzoqqa cho‘zilgan tog‘ silsilalari ishtirokchilarda unutilmas taassurot qoldirdi.

Tabiat qo‘ynidagi samimiy suhbatlar, do‘stona muloqot va xotira uchun olingan suratlar sayohatga alohida fayz bag‘ishladi. Ushbu tashrif nafaqat maroqli dam olish, balki jamoa birdamligini mustahkamlash, ruhiy ozuqa olish imkonini ham yaratdi.

 


Ulashish:
1 669
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.