E’lonlar
E’lonlar
|
13/04/2026
Chop etish
“Kitobxon talaba” tanlovining 5-mavsumiga start beriladi.

14-aprel kuni ko‘pchilik intizorlik bilan kutgan “Kitobxon talaba” tanlovining 5-mavsumi 1-bosqichi bo‘lib o‘tadi. Tanlovning test jarayonlari Axborot-resurs markazi binosida (200 va 201-xonalar) ikki smenada tashkil etiladi:
1-smena — soat 10:00 da, 2-smena — soat 14:00 da. Barcha ishtirokchilardan belgilangan vaqtdan oldin yetib kelishlari hamda tartib-qoidalarga qat’iy amal qilishlari so‘raladi. Tanlovda faol ishtirok etib, bilimingizni sinovdan o‘tkazing va g‘oliblar safidan munosib o‘rin egallang.


Ulashish:
265
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.