Yangiliklar
Yangiliklar
|
23/04/2026
Chop etish
Talabalar uchun o‘quv-seminarlar davom etmoqda.

Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘quv-uslubiy boshqarma xodimlari tomonidan Filologiya va Tarix fakultetlari talabalari uchun seminar-treninglar izchil tashkil etilmoqda.

Mazkur o‘quv-seminarlar davomida talabalarga ta’lim platformalaridan samarali foydalanish, kredit-modul tizimi, bahorgi semestr yakuniy nazoratlarini o‘tkazish tartibi, davomat va ichki tartib-qoidalarga rioya etish, malakaviy amaliyotni tashkil etish hamda ta’lim grantlarini taqdim etish mexanizmlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, seminar jarayonida talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar taqdim etildi.


Ulashish:
423
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.