Yangiliklar
Yangiliklar
|
26/05/2026
Chop etish
JDPUda ijtimoiy profilaktika va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan o‘quv-seminar o‘tkazildi
Tadbirda hamkor tashkilotlar vakillari, universitet profilaktika inspektori, “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari, tyutorlar, psixologlar hamda Ijtimoiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–1 va PQ–2-son qarorlarida belgilangan ustuvor vazifalar, xususan ijtimoiy profilaktika samaradorligini oshirish, oila-turmush munosabatlarida yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish, ayollar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan profilaktik ishlar samaradorligini oshirish, murojaatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish hamda hamkor tashkilotlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilinib, mazkur yo‘nalishdagi faoliyatni yanada tizimli tashkil etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.


Ulashish:
589
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.