Yangiliklar
Yangiliklar
|
26/03/2021
Chop etish
WEBSTER UNIVERSITETI BILAN ONLAYN SEMINAR

2021 yil  25 Mart kuni Jizzax davlat pedagogika institutida Webster Universiteti bilan hamkorlikda  JDPI talabalari uchun “O`zbekistondagi mahalliy hamda xalqaro OTMlarda ta`lim olishning afzalliklari va qiyinchiliklari” mavzusida onlayn seminar tashkillashtirildi. Seminarning asosiy maqsadi Webster Universiteti Magistratura dasturlari, mahalliy hamda xalqaro OTMlarda ta`lim olishning afzalliklari va qiyinchiliklari haqida talabalarga ma`lumot berishdan iborat edi.

 

Seminarni Jizzax davlat pedagogika instituti  Rektori Sh.S.Sharipov kirish so`zi bilan ochib berdi. Sh.S.Sharipov  o`z nutqida Jizzax davlat pedagogika instituti  xalqaro hamkorlik aloqalari, Webster universiteti bilan kelgusidagi hamkorlik rejalari, hamkorlikdan kutilayotgan natijalar, chet tillarni o`rganishning ahamiyati, xalqaro tajriba almashish va xorij tajribalaridan ta`lim jarayonida  keng foydalanish haqida to`xtalib o`tdi.

Shundan so`ng Webster universiteti rektori Dr.John Greigner va Webster universiteti prorektori Dr. Slobodan Pesic  qutov so`zlari bilan davom ettirishdi.

Seminar davomida Webster universiteti magistratura dasturi koordinatorlari Rohatoy Boltayeva, Oybek Imomov, Madina Rajapova, Sevara Ahmetjanovalar

  • MBA – Biznes ma’muriyati magistri;
  • MA TESL – Ingliz tilini ikkinchi til sifatida o’qitish bo’yicha magistri;
  • MA EDIN – Ta’lim va innovatsiyalar bo’yicha magistri yo`nalishlari bo`yicha taqdimotlar qilishdi.

Seminar so`nggida savol-javoblar tashkillashtirildi va ishtirokchilar o`z fikr-mulohazalari bilan bo`lishishdi.


Ulashish:
1 812
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.