Axborot resurs markazi yangiliklari
Axborot resurs markazi yangiliklari
|
31/05/2017
Chop etish
“2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi”ning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida munozara-debat shaklida tadbir tashkil etildi

Joriy yilning  31 may kuni Jizzax davlat pedagogika instituti axborot- resurs markazining majlislar zalida Tarix o‘qitish metodikasi kafedrasi hamkorligida “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi”ning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida munozara-debat shaklida  tadbir tashkil etildi. Tadbirda Tarix fakultetining professor-o‘qituvchilari hamda talabalari, axborot-resurs markazi xodimlari va Jizzax viloyat televideniyasi vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirni fakultetning ma’naviy- ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari F.Aqchaev kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng,  talabalar o‘rtasida “O‘zbekiston Respublikasini  yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni hamda mazkur strategiyaning beshta  ustuvor yo‘nalishi xususida munozara boshlandi.

Tadbirda fakultet talabasi N. Qo‘chqorov Harakatlar strategiyasining 1-ustuvor yo‘nalishi -“Davlat va jamiyat qurilishini takomilliashtirish” to‘g‘risida so‘z yuritdi. Talaba D. Tursunov strategiyaning 2-ustuvor yo‘nalishi- “Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud –huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari” to‘g‘risida, B. Normamatov 3-yo‘nalish -“Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari”, B.Nomozov 4-yo‘nalish – “Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari”,  J.Sangirov 5-yo‘nalish –“Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish” to‘g‘risida o‘z mulohazalarini bildirdilar. Barcha ustuvor yo‘nalishlar to‘g‘risida talabalar ijtimoiy hayotda o‘zlari uchratayotgan muammolarni o‘rtaga tashladilar va ularni bartaraf etish  haqidagi o‘z fikrlarini bildirdilar. So‘ngra, institut axborot-resurs markazi xodimlari tomonidan tayyorlangan “Harakatlar strategiyasi- taraqqiyotimiz kafolati” mavzusidagi adabiyotlar ko‘rgazmasini ARM bibliografi N.Umarova ishtirokchilarga qisqacha  sharhlab berdi.

Shuningdek, tadbir yakunida munozara-debat mavzusiga doir videolavha  namoyish etildi.


Ulashish:
7 465
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.