Axborot resurs markazi yangiliklari
Axborot resurs markazi yangiliklari
|
14/02/2018
Chop etish
ARM e’lon

D I Q Q A T!      D I Q Q A T !       D I Q Q A T !

Hurmatli professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar!

Sizga shuni ma’lum qilamizki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim tizimi uchun xorijiy o‘quv va ilmiy adabiyotlarni xarid qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016 yil 24 maydagi 174-sonli qarori hamda 2017 yil 28 martdagi 330-sonli farmoyishiga muvofiq oliy ta’lim muassasalarining buyurtmalariga binoan bakalavriatning  barcha yo‘nalishlari uchun II kurs fanlariga oid 607 nomdagi xorijiy o‘quv va ilmiy adabiyotlar markazlashgan tartibda xarid qilinib, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga joylashtirildi.

Ushbu adabiyotlardan professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar va talabalarning faol foydalanishlarini tashkil etishda institut axborot-resurs markazi hamkorlik qiladi. SIZ Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining quyidagi veb-sahifalari:

http://ibs.natlib.uz:8011/ru-RU/Search/Record?Publications=Электронные%20учебники  orqali axborot-resurs markazida mazkur adabiyotlarni o‘qish va yuklab olish imkoniyatlariga egasiz. Sizni markazimizda kutib qolamiz.

 

                                                 Axborot-resurs markazi ma’muriyati.  Murojaat uchun telefon: 226-28-14


Ulashish:
1 929
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.