Yangiliklar
Yangiliklar
|
26/10/2022
Chop etish
Biz zo‘ravonlikka qarshimiz…

Tabiiy fanlar fakultetida bo‘lib o‘tgan tadbir ana shunday nomlandi.

Oilalarimiz chirog‘i va charog‘boni bo‘lgan ayollar zotiga ehtirom ko‘rsatish, ularni e’zozlash milliy qadriyatlarimizning ajralmas qismidir.  Afsuski, so‘nggi paytlarda ayollarni xo‘rlash, kamsitish holatlari ko‘p kuzatilayapti. Arzimas bahonalar bilan janjal chiqarib, turmush o‘rtog‘ini do‘pposlayotgan erkaklar safi kengayib bormoqda. Bunday holatlarni bartaraf etish maqsadida  respublikamiz miqyosida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” nomi ostida tadbirlar o‘tkazilayotgani davlatimizning ayollarga ko‘rsatayotgan g‘amxo‘rligining amaldagi ifodasidir.  Jizzax davlat pedagogika universitetti Tabiiy fanlar fakultetida bo‘lib o‘tgan tadbir ham ana shu dolzarb mavzuga bag‘ishlandi.

Tahlillarga ko‘ra, ayni paytda dunyo miqyosida 33- 50 foiz ayollar erlarining kaltaklashi, do‘pposlashidan aziyat chekayotgan ekan. Bu esa, o‘z navbatida, nozik jins vakillarini maishiy jinoyatlardan himoya qilish davr talabi ekanligini ko‘rsatadi. Oilada zo‘ravonlik va kamsitishlarga uchrayotgan ayolarning asosiy qismi hayotida moddiy va maishiy qiyinchiliklar mavjudligi, turmush o‘rtog‘ining ichkilikka ruju qo‘ygani, ro‘zg‘or tashvishi, bola tarbiyasi misolida mas’uliyatsiz ekanini aytib o‘tishadi. Biz o‘zligimizdan, ma’naviyatimizdan, milliy qadriyatlarimizdan qanchalik uzoqlashib boraversak, naslimiz davomchilarini tahqirlasak, o‘zimizga, kelajagimizga zulm qilamiz. Tadbirda so‘z olganlar ana shu og‘riqli muammolarga to‘xtalib, ayol zotini taxqirlash emas, unga ehtirom ko‘rsatish oliy maqsadimiz bo‘lishi lozimligini ta’kidlashdi. “Biz zo‘ravolnlikka qarshimiz” nomi ostida o‘tgan tadbirda Jizax shahar IIB 2-sonli IIB XPB profilaktika inspektori katta  leytenant S.Z.Abdulakimov  ham ishtirok etdi.


Ulashish:
2 019
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.