Axborot resurs markazi yangiliklari
Axborot resurs markazi yangiliklari
|
15/11/2018
Chop etish
Mening sevimli o‘nta kitobim

Joriy yilning 15 noyabr kuni 13.00 da Jizzax davlat pedagogika instituti axborot- resurs markazining majlislar zalida O‘zbek tili va adabiyoti  fakulteti  hamkorligida «INFOLIB UZBEKISTAN» Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Mening sevimli o‘nta kitobim” tanloviga qo‘yilgan A.Navoiyning “Layli va Majnun”  asari yuzasidan tadbir  tashkil etildi.

Tadbirni institut axborot –resurs markazi  kutubxonachisi

M Bobonazarova ochib berdi va “ Mening sevimli o‘nta kitobim”  madaniy- ma’rifiy tanlovining Nizomi  hamda tanlov shartlari bilan tanishtirdi.

Shundan so‘ng, tadbirni O‘zbek tili va adabiyoti  fakulteti  o‘qituvchisi Z   Mamadalieva davom ettirib: “Navoiy  buyuk shoir va mutafakkir zot . Bu haqiqat quyoshday barchaga ayon. Quyoshning ta’rifini takrorlayverish esa shart emas. Ammo ana shu buyuklik qudrati  har bir asarda namoyon bo‘lishini tahlil qilib ko‘rsatish, ma’nolar jilosini anglash va undan huzurlanish, albatta foydalidir.”-deya ta’kidladi.

Shundan so‘ng, ARM  kutubxonachisi  D. Fayzullaeva “ Mening sevimli o‘nta kitobim”  madaniy- ma’rifiy tanloviga qo‘yilgan badiiy adabiyotlarga qisqacha sharh berdi.

Tadbirda 65 ta ishtirokchilar qatnashdilar.


Ulashish:
1 666
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.