Yangiliklar
Yangiliklar
|
27/04/2024
Chop etish
Umumta’lim maktablari bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘rtasida kimyo, biologiya, fizika fan olimpiadasining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-avgustdagi “Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PIQ-4805-son qarori va 2021 yil 19 martdagi “Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PIQ-5032-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax shahridagi 30-sonli maktabida olimpiadaning viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Olimpiadani tashkil etishdan maqsad shuki, yoshlar orasidan kimyo, biologiya, fizika bo‘yicha iqtidorli, qobiliyatli va iste’dodlilarni aniqlash, ilmga bo‘lgan qiziqishlarini uyg‘otish, ulardagi ijodiy qobiliyatlarning ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashish va qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli o‘quvchilarning respublika miqyosida tengdoshlari bilan sog‘lom va do‘stona raqobat qilish muhitini yaratish, ularning xalqaro darajadagi fan olimpiadalariga tayyorgarligini oshirish, o‘quvchi-yoshlarning iste’dodi va ijodiy qobiliyatini respublika darajasida namoyon qilish, hamda o‘quvchilarning kimyo, biologiya, fizika fanini chuqur o‘rganishga qiziqish va intilishlarini oshirishdir.

Olimpiadaning viloyat bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar 29 aprel kuni JDPUda bo‘lib o‘tadigan oliy ta’lim muassasasi bosqichida ishtirok etishadi. E’tiborli jihati shundaki umumta’lim maktablari bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan kimyo, biologiya hamda fizika fanlaridan ko‘p bosqichli oliy ta’lim muassasasi olimpiadasining yakuniy bosqichida eng yuqori ball to‘plagan hamda 1-2-3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar universitetga o‘qishga qabul qilishga tavsiya etiladi.


Ulashish:
1 013
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.