Yangiliklar
Yangiliklar
|
10/01/2025
Chop etish
JDPU talaba yoshlari bilan “Harbiylar va sportchilar uchrashuvi” o‘tkazildi.
Jismoniy madaniyat fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar tashkil etilganligining 33-yilligi hamda 14-yanvar Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda jahon arenalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritib davlatimiz bayrog‘ini yuqoriga ko‘targan chempion sportchilar ishtirok etib, yoshlarga o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha mahorat saboqlarini berib o‘tdi.

Sportchilar bilan do‘stona muloqotdan talaba yoshlar ham bir olam kuch va taassurotlarga ega bo‘ldi. Ayniqsa, sportchilarimizning mashaqqatli mehnati, matonati va ustozlar ko‘rsatmasi, mehribon ota-onalar duolari ijobati borasidagi hayotiy fikr-mulohazalar barchani faollikka undagani bilan foydali bo‘ldi.

Samimiy o‘tgan uchrashuv yakunida yoshlar sportchilar hayoti va faoliyatiga doir savollariga javob oldi. Chempion va faxriy sportchilar bilan tashkil etilgan uchrashuv ham ayni maqsadlar yo‘lida yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishi va ishtiyoqini yanada oshirishga xizmat qildi

Tadbirda Afg‘on urushi qatnashchisi, Tarix fakulteti dotsenti A.Pardayev. Jizzax garnizoni boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Yo‘ldosh Xoliqov. Boks bo‘yicha Jahon kubogi sovrindori, O‘zbekiston iftixori Lazizbek Zokirov. boks bo‘yicha Olimpiada ishtirokchisi Bobo Usmon Baturov , boks bo‘yicha Jahon chempionati kumush medal sohibi Jasmin Tohirovalar mehmon bo‘lishdi.


Ulashish:
620
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.