Yangiliklar
Yangiliklar
|
18/02/2025
Chop etish
“Rektor va talabalar uchrashuvi: yutuqlar,faollik va intilish.
JDPUda “Rektor va talabalar” uchrashuvi, ochiq muloqotlar davom etmoqda.

Ana shunday muloqotlardan biri bugun Sirtqi ta’lim talabalari bilan bo‘lib o‘tdi. Tashkil etilgan uchrashuvda universitet rektori Sh.S.Sharipov talabalarning ilm-fan sohasidagi yutuqlari, ijtimoiy hayotdagi faolligi va ularning mamlakat taraqqiyotidagi o‘rniga alohida to‘xtaldi. Uchrashuv davomida sirtqi bo‘limda tahsil olayotgan talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.

Xususan, ta’lim sifatini oshirish, dars jarayonlarini innovatsion texnologiyalar yordamida takomillashtirish, sport va madaniy tadbirlarni ko‘paytirish kabi masalalar muhokama qilindi. Ayrim masalalar joyida hal etildi, ayrimlari bo‘yicha tegishli rahbar-xodimlarga topshiriq berildi. Shuningdek uchrashuv davomida universitet rektori Prezident Shavkat Mirziyoyevning Ko‘ksaroy qarorgohida yoshlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqoti hamda sport masalalari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektorida ko‘tarilgan dolzarb masalalar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi. Davlat rahbari tashabbusi bilan yoshlar bilan ishlashda yangi tizim joriy etilganligi, ular doimo davlat e’tiborida ekanligini qayd etdi. Talabalar ham turli yo‘nalishlarda o‘z mulohazalarini bildirib, yuzma-yuz dildagi gaplar aytildi.

Tadbir yakunida universitet rektori Sh.S.Sharipov talabalarga o‘z intilishlari va tashabbuslari bilan mamlakatimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shishga chaqirdi. Mazkur uchrashuv talabalar va rahbarlar o‘rtasida samimiy muloqot muhitini yaratdi desak xato qilmagan bo‘lamiz.


Ulashish:
567
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.