Yangiliklar
Yangiliklar
|
21/02/2025
Chop etish
JDPUda “Ota-onalar bilan muloqot maydoni” mavzusida tadbir o‘tkazildi.
O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti tomonidan tashkillashtirilgan tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor, S. Nazarqosimov ochib berdi.

U o‘z so‘zida oliygoh rahbariyati ota -onalar bilan muloqotga doim tayyor ekanligini ta’kidladi. Shuningdek yig‘ilganlar Oliy ta’lim muassasalarining namunaviy “Odob-axloq kodeksi” bilan tanishtirdi.

Ota-onalar bilan o‘tkazilgan muloqotda sifatli ta’lim uchun universitet va ota-onalar hamkorligi, talaba-qizlari bilan olib borilayotgan profilaktik ishlar, talabalarning mutaxassislik fanlarini o‘zlashtirishi va darslardagi faolligi to‘g‘risida so‘z bordi.

Tadbir so‘ngida Fakultetda tahsil olayotgan iqtidorli va faol yoshlarning ilmiy ijodiy ishlarining taqdimoti va taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

 


Ulashish:
561
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.