Yangiliklar
Yangiliklar
|
28/02/2025
Chop etish
“Zulfiyaxonim qizlari” ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbek she’riyatining otashnafas shoiralaridan biri, inson ruhiyati dunyosining betakror kuychisi Zulfiyani bilmaydigan, uning biror she’rini yod olmagan zamonamiz yoshlari bo‘lmasa kerak. Sevimli shoiramiz o‘z she’rlari bilan bizlarni nafosatga, ezgulikka oshno etib, oppoq tong sari yetaklab, qalb harorati bilan isitib kelmoqda.
Bahorning ilk kunini o‘z hayot yo‘lini ulug‘ zafarlar bilan bezagan, munis baytlar sohibasi, hassos shoira Zulfiyaxonim tavalludi bilan qarshi olamiz. Benazir  ayol,  buyuk ona, vafo va sadoqat  timsoli  shoira Zulfiya Isroilova tavalludining bu yil 110-yilligini nishonlaymiz.

Kuni kecha, sana munosabati bilan universitet maktabgacha ta’lim fakulteti “Musiqa ta’limi” kafedrasi tomonidan “Zulfiyaxonim qizlari” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rik-tanlovda qizlar o‘zlarini tanishtirish bilan birga atoqli shoira, mehr-muhabbat va sadoqat timsoli Zulfiya ijodidan namunalar yod aytdilar. Mohir qo‘llar, pazandalik va erkin mavzu shartlarida o‘zaro bahslashdilar.

“Oilada qizlar tarbiyasi” mavzusidagi sahna ko‘rinishida ishtirok etgan qizlar bilim va ko‘nikmalarini namoyish etdilar. shuningdek, tanlovda talaba qizlar o‘zlarining chiqishlari va ashula, raqslari bilan qatnashib zalda o‘tirgan tomoshabinlarning ko‘nglini xushnud qilishdi.O‘zlarining zukkoligi, lobarligi, hozirjavobligi bilan tanlovda faol ishtirok etgan ishtirokchilar esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar


Ulashish:
799
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.