Yangiliklar
Yangiliklar
|
20/03/2025
Chop etish
Universitetda biznes loyihasi bor talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori F.Jo‘raqulov boshchiligida universitetda biznes loyihasi bor talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Ochiq muloqotda  O‘zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyevning 14-fevral kuni yoshlar bilan videoselektor shaklida o‘tgan uchrashuvda yoshlar uchun imkoniyatlarni yanada kengaytirish chora-tadbirlari muhokama etilganligi, ularning bandligini ta’minlash, intilishlariga sharoit yaratish davlatimizning ustuvor siyosatiga aylanganligi haqida so‘z bordi.

Shuningdek, Milliy bank yoshlarning biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlovchi tayanch bankka aylantirilganligi haqida ham aytib o‘tildi. Milliy bank oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining biznes g‘oyalarini moliyalashtirish uchun 100 million so‘mgacha 7 yil muddatga imtiyozli kreditlar ajratishini talabalarga yetkazildi.

Uchrashuvda biznes loyihasi bor har bir talaba bilan ochiq muloqot qilindi. Universitetda “Kelajakka qadam” dasturi doirasida alohida shtab tashkil qilinganligi va bu shtab har bir loyihasi bor talabalar bilan doimiy aloqada bo‘lishini alohida ta’kidlandi.


Ulashish:
692
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.