Yangiliklar
Yangiliklar
|
17/04/2025
Chop etish
Rektor talabalar bilan uchrashdi.
«Mustaqil talim olish mustahkam bilim poydevoridir-deydi universitet rektori Sh.Sharipov

Jizzax davlat pedagogika universiteti Boshlang‘ich ta’lim fakulteti talabalari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv yoshlar muammolarini hal etish, yashash va ta’lim jarayonlarini yanada yaxshilashga qaratildi. Unda universitet va fakultet rahbariyati, pedagog -xodimlar, tyutorlar va  talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Uchrashuv ochiq osmon ostida, bahorning go‘zal manzaralari bag‘rida, musiqa sadolari va yoshlarning ijobiy kayfiyatida bo‘lib o‘tdi.

Universitet rektori Sh.S.Sharipov talabalarning ilm-fan sohasidagi yutuqlari, ijtimoiy hayotdagi faolligi va ularning mamlakat taraqqiyotidagi o‘rniga alohida to‘xtaldi. Shuningdek, oliy ta’lim maskanida talabalar uchun yaratilgan sharoitlar xususida so‘z yuritdi.

Uchrashuv davomida sirtqi bo‘limda tahsil olayotgan talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Xususan, ta’lim sifatini oshirish, dars jarayonlarini innovatsion texnologiyalar yordamida takomillashtirish, sport va madaniy tadbirlarni ko‘paytirish kabi masalalar muhokama qilindi. Ayrim masalalar joyida hal etildi, ayrimlari bo‘yicha tegishli rahbar-xodimlarga topshiriq berildi.

Tadbirda universitet rektori Sh.S.Sharipov talabalarga o‘z intilishlari va tashabbuslari bilan mamlakatimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shishga chaqirdi. Mazkur uchrashuv talabalar va rahbarlar o‘rtasida samimiy muloqot muhitini yaratgan holda, kelgusidagi rejalarni belgilab olish uchun muhim ahamiyat kasb etdi. Tadbir yakunida fakultetda mavjud to’garak a’zolari o’zlari qo’l mehnati bilan tayyorlagan gullarni sovg’a qilishdi.


Ulashish:
925
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.