Korrupsiyaga qarshi kurash
Korrupsiyaga qarshi kurash
|
21/05/2025
Chop etish
Sirtqi ta’limning 3-kurs talabalari ishtirokida seminar tashkil qilindi.
Seminar davomida talabalarga korrupsiya tushunchasi, uning turlari, javobgarlik masalalari, ichki tartib qoidalari, fan sillabuslari va dasturlarini bilmaslik natijasida akademik korrupsiya holatlarining yuzaga kelishi haqida tushunchalar berildi.


Shuningdek, seminarda korrupsion holatlarning sodir bo‘lishi va bunga qanday qilib yo‘l qo‘ymaslik kerakligi haqida amaliy tavsiyalar berildi. Seminar yakunida talabalar uchun yakuniy nazorat ishlari boshlandi. Yakuniy nazorat jarayoni mas’ul xodimlar tomonidan diqqat bilan nazorat qilindi.Ushbu jarayon talabalar bilimini baholash, o‘zlashtirish darajasini aniqlash va o‘quv dasturlariga muvofiqligini tekshirish maqsadida tashkil etilgan.

 

 

 


Ulashish:
844
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.