Yangiliklar
Yangiliklar
|
03/06/2025
Chop etish
Talabalik xotiralariga bitilgan xayrlashuv kechasi.
Kuni kecha talabalar turar joyida yuraklarga iliq tuyg‘ular bag‘ishlovchi bir ajoyib tadbir — bitiruvchi talabalar bilan xayrlashuv marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu kecha talabalik hayotining so‘nggi soatlarini unutilmas xotiralarga aylantirdi.

Tadbirda universitetning tajribali psixologlari ishtirok etib, bitiruvchilar uchun hayot yo‘lida kerak bo‘ladigan ma’naviy ko‘nikmalar haqida qiziqarli va mazmunli seminarlar o‘tkazishdi. Ular talabalarga mustaqil hayotga qadam qo‘yganda duch keladigan muammolar va ularni yengib o‘tish yo‘llari haqida samimiy suhbatlar o‘tkazishdi.

Shu bilan birga, turli xil intellektual va ko‘ngilochar tanlovlar, quvnoq viktorinalar va mini-spektakllar yig‘ilganlarga xursandchilik ulashdi. Har bir talabaning iqtidori namoyon bo‘lgan ushbu tanlovlarda qatnashuvchilar nafaqat g‘oliblik uchun, balki barchaning qalbida bir umrga muhrlanadigan xotiralar uchun ham kurashishdi.

Tadbirning eng yorqin va ta’sirli qismi — gitara shou bo‘ldi. Ta’lim dargohining iqtidorli talabalari tomonidan ijro etilgan jonli musiqa kechaga romantik ruh bag‘ishladi. Gitara sadolari ostida ijro etilgan talqinlar ko‘ngillarni sel qildi. Hazin va diltortar kuylar talaba yoshlar ko‘zlarida hafif bir tabassum, unutilmas davrning sog‘inch hasrati bilan yonib turdi.

Kecha oxirida talabalar bir-birlari bilan suratga tushib, yillar davomida do‘stlik rishtalari bilan bog‘langan xotiralarni abadiylashtirishdi. Har bir ishtirokchi ushbu kechadan qalbida muhabbat, minnatdorlik va yangi hayotga tayyorlik tuyg‘ularini olib ketdi desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz.

Xayrlashuv tadbiri ba’zilar uchun, talabalik hayotining yopilgan sahifasi bo‘lsa ko‘plar uchun yangi davrning boshlanishi bo‘ldi.


Ulashish:
1 072
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.