Uncategorized
Uncategorized
|
03/07/2025
Chop etish
Jizzaxlik o‘qituvchi AQSHda sun’iy intellekt orqali til o‘qitish bo‘yicha xalqaro tajriba orttirmoqda
2025-yil 22-iyundan 5-iyulgacha AQSHda o‘tkazilayotgan “Sun’iy intellekt tomonidan takomillashtirilgan til o‘rganish uchun innovatsiyalar va ilg‘or tajribalar” nomli almashinuv dasturi xalqaro ingliz tili o‘qituvchilari uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoqda. Dastur AQSH Davlat departamentining Ta’lim va madaniyat masalalari byurosi, Ingliz tili dasturlari boshqarmasi va FHI 360 tashkiloti hamkorligida amalga oshirilmoqda.

Mazkur dastur K-12 va oliy ta’lim muassasalari vakillariga ingliz tilini o‘qitish bilan bog‘liq ilg‘or yondashuvlar va dolzarb mavzular bo‘yicha fikr almashish imkonini beradi. O‘zbekiston nomidan ushbu dasturda Jizzax davlat pedagogika universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi dotsenti Bahriddinova Dildora ishtirok etmoqda.

Dastur ikki bosqichda tashkil etilgan:

🔹 Birinchi bosqich — San-Diego shahrida bo‘lib o‘tib, unda ishtirokchilar sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining ta’limga integratsiyasi, xususan, tabiiy tilni qayta ishlash (NLP), til modellaridan foydalanish va adaptiv ta’lim tizimlari bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.

🔹 Ikkinchi bosqich — ayni paytda Texas shtatining San-Antonio shahrida o‘tayotgan ISTE 2025 konferensiyasi doirasida davom etmoqda. Bu bosqichda ishtirokchilar SI vositalarining sinf va onlayn ta’lim muhitidagi amaliy qo‘llanilishi, ularning imkoniyatlari va potensial cheklovlari yuzasidan muhokamalarda ishtirok etmoqdalar.

Dastur davomida bepul, arzon va kam resurs talab qiluvchi sun’iy intellekt vositalarini aniqlash ham a e’tibor markazida turibdi. Shuningdek, ishtirokchilar amerikalik oila bilan o‘zaro muloqot, madaniy tadbirlarda ishtirok, mahalliy jamoa bilan uchrashuvlar va shaharlar bo‘ylab ekskursiyalar orqali Amerika hayoti va madaniyati bilan yaqindan tanishmoqdalar.

Almashinuv dasturida Xitoy, Turkiya, Peru, Braziliya, Meksika va Rossiya kabi qator mamlakatlardan kelgan mutaxassislar bilan hamkorlikda ish olib borish, turli tajribalarni o‘rganish va madaniy muloqotni rivojlantirish uchun keng imkoniyat yaratmoqda.


Ulashish:
704
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.