Yangiliklar
Yangiliklar
|
10/07/2025
Chop etish
INFINYT3D PRIVATE LIMITED kompaniyasi vakili JDPUda mehmon bo‘ldi.

Jizzax davlat pedagogika universitetiga Hindistonning INFINYT3D PRIVATE LIMITED kompaniyasi vakili janob Ryan C. Vaz rasmiy tashrif buyurdi. Ushbu tashrif JDPU bilan imzolangan ikki tomonlama hamkorlik shartnomasi doirasida amalga oshirildi.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — universitetda informatika, raqamli ta’lim texnologiyalari, STEAM ta’limi va robototexnika yo‘nalishlarida amaliy hamkorlikni boshlab yuborish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etishdir.

Uchrashuv davomida JDPU rektori, professor Shavkat Sharipov janob Ryan C. Vaz bilan muzokara olib bordi. Tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, jumladan, Hindistondan JDPUga malakali STEAM mutaxassislarini jalb qilish, ta’lim jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni integratsiyalash va qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildilar.

Ushbu tashrif JDPUda raqamli ta’lim, innovatsion yondashuvlar va xalqaro tajribalarni amaliyotga tatbiq etish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘lib, universitetda mazkur yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlarning yangi bosqichga ko‘tarilishiga zamin yaratishi kutilmoqda.


Ulashish:
16 054
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.