Yangiliklar
Yangiliklar
|
13/08/2025
Chop etish
JDPU xorijiy tillar fakulteti professor-o‘qituvchilari Vengriyaning nufuzli Obuda universitetida malaka oshirishmoqda.

Jizzax davlat pedagogika universiteti Xorijiy tillar fakulteti professor-o‘qituvchilari jahon oliy ta’lim muassasalari reytingida 680-o‘rinni egallagan Vengriya Respublikasining nufuzli ta’lim maskanlaridan biri — Obuda universitetida bo‘lib turishibdi.

Obuda universiteti til o‘qituvchilari tomonidan tashkil etilgan “Professional Development Course: English for Academic and Specific Purposes” nomli xalqaro malaka oshirish kursida ishtirok etayotgan JSDPU vakillari turli davlatlardan kelgan pedagoglar bilan tajriba almashmoqda, o‘z kasbiy mahoratini oshirmoqda.

Mazkur kurs xorijiy tillarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish, akademik va kasbiy ingliz tilida samarali muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, unda qatnashish professor-o‘qituvchilarimiz uchun xalqaro tajriba va yangi bilimlarni amaliyotga tatbiq etish imkonini beradi.


Ulashish:
4 381
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.