Yangiliklar
Yangiliklar
|
08/09/2025
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Mustaqillik darslari” boshlandi.
Bugun mamlakatimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yilining dars jarayonlari boshlandi. O‘quv xonalari yana talabalar bilan gavjum bo‘lib, ularni mehr bilan o‘z bag‘riga oldi.

Qaysi auditoriyaga kirmang, u yerda “Vatan uchun, xalq uchun, millat uchun” shiori ostida “Mustaqillik darslari” qizg‘in tarzda o‘tkazilayotganini ko‘rish mumkin.

Dars jarayonlarida ustozlar mustaqillik tarixi, yurtimiz ozodligi va taraqqiyoti yo‘lida kurashgan buyuk ajdodlarimiz haqida qiziqarli ma’lumotlarni talabalarga yetkazmoqdalar. Shu bilan birga, yoshlar ham Vatan, ona-yurt va mustaqillik haqidagi o‘z fikr va mulohazalarini ifodalashga harakat qilmoqdalar.

“Mustaqillik darslari” nafaqat ma’rifiy, balki tarbiyaviy ahamiyatga ham ega bo‘lib, talabalarda milliy g‘urur, Vatanga sadoqat va fuqarolik mas’uliyatini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

Suratlarda Jismoniy tarbiya va sport, Tabiiy fanlar hamda Pedagogika, psixologiya va inklyuziv ta’lim fakultetlarida o‘tkazilayotgan “Mustaqillik darslari”dan lavhalar aks etgan.


Ulashish:
3 104
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.