Karera markazi
Karera markazi
|
04/11/2025
Chop etish
Dashtobod Artel zavodida “Ochiq eshiklar kuni” va yoshlarni ish bilan ta’minlash masalasi.

Jizzax viloyatida yoshlar bandligi masalasi kun tartibidagi eng muhim muammolardan biri sanaladi.

Shu munosabat bilan Dashtobod shaharchasida 80 million dollar qiymatidagi, 80 gektar yer maydonida joylashgan yangi Artel zavodida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi. Bugungi tadbirda viloyatning barcha tumanlaridan va tashkilotlardan 2 mingga yaqin band bo‘lmagan yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda JDPU bitiruvchilari ham ishtirok etdi

Jizzax davlat pedagogika universitetidan 2024-2025-yil bitirgan 80 nafar sobiq talabalar, shuningdek professor-o‘qituvchilar ham ushbu tadbirda faol ishtirok etishdi. Bu yoshlarning amaliy faoliyat va ish bilan ta’minlash imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qildi.

“Ochiq eshiklar kuni” yoshlarning ish bilan ta’minlanishida muhim qadamdir.

Tadbirni Zomin tumani hokimi Alisher Abdug‘aniyev ochib berdi. U o‘z nutqida bugungi “Ochiq eshiklar kuni” yoshlarning ish bilan ta’minlanishida muhim qadam ekanini ta’kidladi. Shuningdek, barcha ishtirokchilarga korxonani aylanib ish jarayonlarini kuzatib, shartnoma tuzish imkoniyati berilgani ma’lum qilindi.

Korxona bilan tanishuv va muloqot qiziqarli o‘tdi.

Tadbir ishtirokchilari zavodning ish jarayonini kuzatib, ishchilar va mutaxassislar bilan muloqot qilishdi. Ular o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, korxona faoliyati, ish jarayoni va kelajakdagi imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot olishdi.

Memorandum imzolandi. Hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Tadbir yakunida oliy ta’lim muassasalari vakillari xususan Jizzax davlat pedagogika universiteti rahbariyati hamda Artel zavodi rahbariyati o‘rtasida memorandum imzolandi. Bu hujjat yoshlarni ish bilan ta’minlash, korxona va ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.

Bunday tadbirlar yoshlar uchun nafaqat ish bilan ta’minlanish imkoniyatini yaratadi, balki ularning amaliy tajribasini oshirish, ish jarayonlari bilan yaqindan tanishish va kelajakda o‘z kasbiy yo‘nalishini aniqlashga yordam beradi. Artel zavodi esa Jizzax viloyatida eng yirik korxonalardan biri sifatida yoshlar bandligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.


Ulashish:
1 752
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.