Yangiliklar
Yangiliklar
|
21/11/2025
Chop etish
JDPU va Moskva elektron texnika instituti hamkorligi doirasida professor-o‘qituvchilar dars bermoqda.

Jizzax davlat pedagogika universiteti hamkorlik aloqalarini kengaytirishda davom etmoqda. 2025-yil 15-may kuni universitet va Rossiya Federatsiyasining “Moskva elektron texnika instituti” Milliy tadqiqot universiteti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolangan edi.

Ushbu shartnoma doirasida ikki tomonlama professor-o‘qituvchilar almashinuvi amalga oshirilib, bugungi kunda JDPUdan ikki nafar tajribali ustoz — “Ijtimoiy fanlar” kafedrasining professori, f.f.d. Akbar Saitqasimov hamda “Ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Kamol Yusupov Moskva elektron texnika institutida talabalarga belgilangan o‘quv dasturi asosida dars bermoqdalar.

 

Darslar yuqori mas’uliyat va professional darajada tashkil etilmoqda. METI professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar tomonidan JDPU ustozlarining tadqiqotchilik yondashuvi, darslarni olib borish uslubi va ochiq muloqotchanligi alohida e’tirof etilmoqda.

Ushbu hamkorlik tajriba almashish, ilmiy integratsiya va o‘quv jarayonini xalqaro mezonlar asosida boyitishga xizmat qilmoqda.


Ulashish:
1 889
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.