Yangiliklar
Yangiliklar
|
05/12/2025
Chop etish
Universitetda Bosh Qomusimiz qabul qilinganligining 33-yilligi keng nishonlandi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni universitet o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Haqberdi Hamzayev ochib berdi. Jizzax viloyati prokuraturasi mas’ul xodimi Parviz Azimov Konstitutsiyamizning yangi tahriri va uning ahamiyati haqida ma’ruza qildi.

 

Tadbir davomida “Yilning eng faol talabasi” Respublika ko‘rik-tanlovining universitet bosqichi g‘oliblari, “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi!” mavzusida “Eng yaxshi rasmlar”, “Eng yaxshi insholar” va “Eng yaxshi videoroliklar” tanlovi g‘oliblari, “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi” mavzusida ilmiy maqolalar tanlovi hamda talabalari o‘rtasida “Konstitutsiya” olimpiadasi g‘olib va sovrindorlari shuningdek, jamoat ishlarida yuqori natijalarga erishgan professor-o‘qituvchilar faxriy yorliqlar, pul mukofotlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Taqdirlash marosimi universitet prorektorlari va kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi ishtirokida tantanali tarzda o‘tkazildi.

Bosh Qomusimiz 33-yilligi munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirini Jizzax viloyati bo‘yicha milliy gvardiya xizmatchilari va 25-931-son harbiy qism yigitlarining ko‘rgazmali chiqishlari davom ettirdi. Harbiylar tomonidan taqdim etilgan zavqli va hayajonli lahzalar barcha tomoshabinlar tomonidan samimiy olqishlar bilan kutib olindi.

Bayram tadbirini Tarix fakulteti talabalari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi haqida badiiy chiqishlari hamda universitet badiiy jamoasi tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan yakunlandi.


Ulashish:
1 590
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.