Yangiliklar
Yangiliklar
|
05/01/2026
Chop etish
Ta’lim sifatini oshirish va o‘quv dasturlarini Top-300 OTMlar tajribasi asosida takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Universitetda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, shuningdek, o‘quv dasturlarini dunyodagi TOP–300 oliy ta’lim tashkilotlari tajribasi asosida takomillashtirishga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminar 2025-yil sentyabr–dekabr oylarida qo‘lga kiritilgan yutuqlar hamda universitet faoliyati aks ettirilgan videorolik namoyishi bilan boshlandi. O‘quv seminarini universitet rektori, professor Maqsudjon YuldashevUniversitetni 2026–2030-yillarda rivojlantirish dasturi” mavzusidagi taqdimoti bilan ochib berdi.

 

 

Seminar davomida Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Farrux Akchayev “Universitetda yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar hamda ustuvor vazifalar” mavzusida ma’ruza qildi.

Shuningdek, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Haqberdi Hamzayev “Ta’lim sifatini oshirish, o‘quv-me’yoriy hujjatlarni yuritish hamda pedagog xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va ustuvor vazifalar” mavzusida taqdimot bilan ishtirok etdi.

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Anora Jabborova esa “Ilmiy salohiyatli pedagog kadrlar tayyorlash hamda ilmiy-innovatsion faoliyat tizimini takomillashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalar” mavzusida ma’ruza qilib, sohadagi dolzarb masalalar va rejalarni yoritib berdi.

O‘quv seminari Xalqaro bo‘lim boshlig‘i Sanjar Yaxshilikov hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i Sardor Rasulov tomonidan universitetning 2025-yil yakunlari bo‘yicha xalqaro reytinglarda erishgan natijalari tahlili hamda ta’lim tashkilotlarini kompleks va maxsus akkreditatsiyadan o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan taqdimotlar bilan yakunlandi.

Mazkur o‘quv seminari ta’lim mazmunini takomillashtirish, boshqaruv samaradorligini oshirish hamda xalqaro standartlarga mos ta’lim tizimini shakllantirishga xizmat qildi.


Ulashish:
2 927
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.