Yangiliklar
Yangiliklar
|
24/04/2024
Chop etish
Adiblar dastxati tushirilgan kitoblari faol talabalarga taqdim etildi.

Talabalikdek jo‘shqin fasl bormikan? Tuyg‘ularini misralarga singdirishga harakat qilgan, dilidagini tillarga mohir rassomdek rangin buyoqlar bilan bezagan ijodga mehr qo‘ygan talaba yoshlar bugun bir davraga yig‘ilishdi. Jizzax davlat pedagogika universiteti talaba yoshlari bilan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli shoirlar Asror Mo‘min va Shodi Otamurod  bilan bo‘lib o‘tgan ijodiy uchrashuv ana shunday beg‘ubor tuyg‘ular va yoshlik hayajonlariga boy bo‘ldi.

Uchrashuvda, Boshlang‘ich ta’lim fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari shoir va tarjimon Asror Mo‘minning  ijodga kirib kelishidan to bugungi kunga qadar erishgan  yutuqlari haqida qiziqarli hikoyalarni tinglashdi.  Shoir Shodi Otamurodning G‘allaorolning olis qishlog‘ida kechgan bolaligi bilan voqealar, ijod namunalari, ayniqsa yoshlik va muhabbatni tarannum etuvchi she’rlari yoshlarga juda manzur bo‘ldi.

Uchrashuv davomida talaba yoshlar mehmonlarga  o‘z ijodiy mashqlarini o‘qib, ustoz shoirlarning tavsiya va maslahatlarini tinglashdi. Savol javoblarda faol ishtirok etgan talaba yoshlarga ijodkorlarning   dastxati tushirilgan kitoblar taqdim etildi.


Ulashish:
971
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.