Jizzax davlat pedagogika universitetida 10-“Xalqaro talabalar simpoziumi” o‘tkaziladi
|
29/08/2025
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida 10-“Xalqaro talabalar simpoziumi” o‘tkaziladi

15-noyabr kuni Jizzax davlat pedagogika universitetida 10-chi “Xalqaro talabalar simpoziumi” o‘tkaziladi. Abstraktlari qabul qilingan talabalar ham oflayn hamda zum orqali qatnashish imkoniyatiga egadir. Simpozium, 17-noyabr – Xalqaro talabalar kuniga bag‘ishlanadi.
Simpozium quyidagi yo‘nalishlarda abstraktlarni (annotatsiya) qabul qiladi:

1️⃣gumanitar fanlar (mas.tilshunoslik, adabiyot, falsafa va hokazo),
2️⃣ijtimoiy fanlar (mas.tarix, iqtisodiyot, siyosat va hokazo),
3️⃣tibbiyot,
4️⃣turizm,
5️⃣muhandislik va
6️⃣texnologiya.

Abstrakt topshirishning oxirgi muddati 2025-yil 31-oktyabr. Taqdimotini muvaffaqiyatli taqdim etgan talabalarga xalqaro sertifikat beriladi. Anjumanda ishtirok etish bepul!
Konferensiyaning xalqaro statusi bois maqolalar va prezentatsiyalar faqatgina ingliz tilida qabul qilinadi.


Ulashish:
2 780
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.