Axborot resurs markazi yangiliklari
Axborot resurs markazi yangiliklari
|
06/09/2017
Chop etish
ARM yangiliklari

Joriy yilning 5-6 sentabr kunlari JDPI axborot-resurs markazida 2017-2018- o‘quv yilida talabalik safiga qabul qilingan 1-kurs talabalari bilan “Suhbat-ekskursiya” tashkil etildi. ”Suhbat-ekskursiya”ni  ARM direktoi R.Ishnazarova kirish so‘zi bilan  ochib berdi va ishtirokchilarni talabalik safiga qabul qilinganligi bilan tabrikladi. U o‘z so‘zida: “Birinchi kurs maktabi” doirasida  tashkil etiladigan “Suhbat-ekskursiya”larni tashkil etishdan maqsad, sizlarga axborot-resurs markazining ish faoliyati to‘g‘risida, ish tartibi, foydalanish qoidalari,

ARM kitobxonlarining huquq va majburiyatlari, ko‘rsatiladigan axborot xizmatlari to‘g‘risida  umumiy ma’lumotlar berish orqali kitobxonlarni kengroq jalb qilish va kitobxonlar sonini oshirishdir”-deb ta’kidladi.

ARM yetakchi mutaxassisi S.Isroilova talabalarga markazning ish tartibi, ichki bo‘limlarning ish faoliyati , a’zolik va foydalanish qoidalari to‘g‘risida tushuncha berib, barcha bo‘limlarning ish faoliyati bilan tanishtirdi.1-kurs talabalari o‘zlarini qaziqtirgan savollarga tegishli javoblarni oldilar.

Mazkur tadbirda Geografiya o‘qitish metodikasi, Fizika o‘qitish metodikasi yo‘nalishlari, Jismoniy madaniyat, Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim, Xorijiy tillar fakultetlarining 1-kurs talabalari ishtirok etdilar.


Ulashish:
1 996
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.