Axborot resurs markazi yangiliklari
Axborot resurs markazi yangiliklari
|
21/11/2018
Chop etish
ARM yangiliklari

2006 yil 20 iyundagi PQ 381-sonli qaroriga  asosan  institut ARM tarkibiga Arnasoy, Mirzacho‘l, Forish, Baxmal, G‘allarol tumanlari  birlashgan  edi.  Jizzax viloyat hokimligining 2018 yil 24 maydagi  “Jizzax davlat pedagogika instituti va Jizzax politexnika institutiga qarashli joylardagi axborot-resurs markazi kitob fondini shahar va tumanlar madaniyat bo‘limlari balansiga o‘tkazish haqida”gi 385-sonli qarori shuningdek, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Jizzax viloyat hokimligi o‘rtasida joriy yilning   12 fevral kuni  imzolangan va O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari Q.V.Akmalov tomonidan tasdiqlangan kelishuvga muvofiq OTM tasarrufida bo‘lgan  Jizzax shahar va Forish, Arnasoy, Mirzacho‘l, Baxmal, G‘allaorol tumanlaridagi ARM tarmoqlari kitob fondini mazkur shahar va tumanlarning madaniyat bo‘limlari balansiga o‘tkazish bo‘yicha Jizzax davlat pedagogika institutida ekspert guruhi tuzilib, joylardagi tarmoq ARMlarida ekspert ishlari olib borildi va mazkur tumanlarning  kitob fondi madaniyat bo‘limlari balansiga o‘tkazildi.

 


Ulashish:
1 854
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.