Yangiliklar
Yangiliklar
|
06/10/2025
Chop etish
“Besh tashabbus olimpiadasi”da qiziqarli final: Jismoniy tarbiya va sport fakulteti — chempion!

Jizzax davlat pedagogika universitetida “Besh tashabbus olimpiadasi”ning universitet bosqichi doirasida mini futbol bo‘yicha bellashuvlar yakunlandi. Bugun kun davomida musobaqalar kutilmagan gollar, hayajonli lahzalar va shijoat bilan yodda qoldi.

Bellashuvlarda jami 9 ta fakultet jamoasi ishtirok etdi. Ko‘pchilikni hayratga solgan kuchli o‘yinlar natijasida Jismoniy tarbiya va sport fakulteti, Fizika va texnologik ta’lim fakulteti hamda Tibbiyot fakulteti finalga yo‘l oldilar.

Final bahslari tom ma’noda “futbol bayrami”ga aylandi. Qat’iyat, jamoaviy o‘yin va g‘alaba uchun intilish, barchasi bir vaqtda maydonda namoyon bo‘ldi. Qizg‘in va shiddatli o‘tgan bellashuvlarda: 🥇 1-o‘rin — Jismoniy tarbiya va sport fakulteti jamoasiga, 🥈 2-o‘rin — Fizika va texnologik ta’lim fakulteti jamoasiga, 🥉 3-o‘rin — Tibbiyot fakulteti jamoasiga nasib etdi.

O‘yinni kuzatib borgan hakamlar hay’ati va tomoshabinlar har bir zarba, har bir goldan zavq olishdi. Universitet stadionidagi muhit haqiqiy futbol zavqini berdi.

Musobaqa yakunlangach, taqdirlash marosimida universitet rahbariyati ishtirok etdi. G‘olib jamoaga universitet rektori professor Maqsudjon Yuldashev faxriy yorliq hamda rag‘batlantiruvchi pul mukofotini topshirdi. Shuningdek, 2- va 3-o‘rin sohiblari ham faxriy yorliqlar va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

 

Bu musobaqa nafaqat sport mahoratini, balki yoshlarning jamoaviy hamjihatligini, intizom va irodasini ham namoyon etdi. “Besh tashabbus olimpiadasi” universitet talabalari orasida sog‘lom raqobat va do‘stlik ruhini yanada mustahkamlamoqda.

 


Ulashish:
1 363
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.