Yangiliklar
Yangiliklar
|
20/09/2023
Chop etish
Buyuk Britaniyaning Portsmut universiteti professorlari JDPUda

Jizzax davlat pedagogika universiteti xorijiy hamkorlikni mustahkamlash masalasi bo‘yicha ko‘plab xorijiy mamlakatlarning nufuzli universitetlari bilan faoliyatni yo‘lga qo‘ygan. Oliygoh ayni kungacha juda ko‘plab xorijiy OTMlar bilan mustahkam aloqalarni o‘rnatishga erishdi.

Universitetga 20 Sentyabr kuni Buyuk Britaniyaning Portsmut universiteti professorlari Dr. Stephen Corbett hamda Dr. Marjorie Huet Martinlar tashrif buyurdi. Dr. Stephen Corbett va Dr. Marjorie Huet Martin, universitet Kichik majlislar zalida universitet rektori Sh.S.Sharipov bilan uchrashuv chog‘ida tashrifdan ko‘zlangan maqsadlarga to‘xtalib o‘tishdi. Bundan tashqari Portsmut universiteti Xalqaro hamkorlik aloqlalari bo‘yicha prorektor o‘rinbosari Dr. Bobby Mehta va Portsmut universiteti Xalqaro hamkorlik aloqlari bo‘limi boshlig‘i Joe Hall Zoom orqali onlayn tarzda ushbu uchrashuvda ishtirok etishdi

 

 

 

 

Tashrifdan maqsad o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali kelgusida universitetlar o‘rtasida o‘zaro professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, Portsmut universitetida Magistratura talabalari uchun amaliyot darslari tashkillashtirish, talabalar almashinuvini yo‘lga qoyish, JDPU talabalari uchun maʼruzalar tashkil etish, Onlayn va offlayn konferenisyalarda o‘zaro ishtirok etish. Tomonlar o‘zaro hamkorlikning kelgusidagi rejalarni, takliflarni muhokama qilishdi. O‘zaro muloqot jarayonida ikki yurt oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida talaba va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, Portsmut universiteti tajribali professor-o‘qituvchilarning maʼruzalarini, darslarini tashkil etish, qo‘shma taʼlim dasturlari, ilmiy izlanishlar olib borayotgan yosh olimlarning hamkorlikda ilmiy-tadqiqot olib borishlari borasida bir qator takliflar o‘rtaga tashlandi. Uchrashuv so‘ngida ikki davlat Oliy taʼlim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish, shu bilan birga, taklif va mulohazlarni o‘rganib har bir yo‘nalish bilan alohida hamkorlik tashkil etishga kelishib olindi.

Uchrashuv so‘ngida universitet rektorining Portsmut universiteti professorlariga esdalik sovg‘alari topshirildi. Uchrashuvdan so‘ng professorlar Xorijiy tillar fakultetiga tashrif buyurishdi


Ulashish:
918
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.