E’lonlar
E’lonlar
|
26/05/2026
Chop etish
E’LON

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-apreldagi “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-73-son Farmoni hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 23-avgustdagi 273-son buyrug‘iga asosan Jizzax davlat pedagogika universiteti Aniq fanlar pedagogika oliy maktabiga pedagog xodimlar uchun tanlov e’lon qiladi

Tanlov Matematika, Axborot tizimlari va texnologiyalari, Sun’iy intellekt mutaxassisliklari bo‘yicha quyidagi fan oqituvchilari uchun tashkil etiladi:

  1. Ingliz tili – 4 nafar.
  2. Matematik analiz – 2 nafar.
  3. Akademik ingliz tili – 1 nafar.
  4. Dasturlash – 1 nafar.
  5. Axborot tizimlari va raqamli texnologiyalar – 1 nafar.
  6. Ijodiy fikrlash va dizayn – 1 nafar.
  7. O‘qitish va o‘rganish – 1 nafar.
  8. Ta’lim, jamiyat va madaniyat – 1 nafar.
  9. Diskret matematika -1 nafar.
  10. Analitik geometriya – 1 nafar.

Nomzodlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:

ma’lumotnoma (telefon raqam ko‘rsatilgan holda);

ilmiy darajaga egaligini tasdiqlovchi hujjat (shu jumladan, fan nomzodi,

tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (PhD)

darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga);

ilmiy unvongа egaligini tasdiqlovchi hujjat (mavjud bo‘lgan taqdirda);

ishtirokchining ilmiy ishlari va ixtirolari (mavjud bo‘lgan taqdirda);

tegishli diplomlar, attestatlar nusxalari va ilmiy ishlar ro‘yxati;

til bilish darajasini tasdiqlovchi hujjat;

malaka oshirish to‘g‘risidagi guvohnoma (mavjud bo‘lgan taqdirda).

Tanlovga hujjatlar 2026-yil 10-iyunga qadar qabul qilinadi

Hujjatlar onlayn tarzda info@jdpu.uz elektron pochtasi orqali hamda bevosita Universitet bosh binosi 404-xonada qabul qilinadi.

Manzil: Jizzax shahri Sh.Rashidov shoh ko‘chasi 4-uy, JDPUning bosh binosi 4-qavat 404-xona

Telefon: (72) 226-59-94.  +99899 238 07 10


Ulashish:
265
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.