Oliy ta'lim muassasasi yangiliklari
Oliy ta'lim muassasasi yangiliklari
|
26/09/2019
Chop etish
“ Farzandingiz mustaqil hayotga tayyormi? ”… Jizzax davlat pedagogika institutida bo‘lib o‘tgan tadbir ana shunday nomlandi.

O‘zbek halqi qadimdan oilani muqaddas hisoblagan. Har bir yosh muqaddas sanalgan oila qo‘rg‘onini qurish uchun yetarli tasavvurga egami ? Ro‘zg‘or, oila yuki,farzand tarbiyasihaqida nimalarni biladi? Hali o‘zi yosh bo‘lgan qiz sinovlarda toblanmasdan turib dunyoga keltirgan farzandini qanday kamolga yetkazishi mumkin? FHDYo bo‘limlariga endigina 17-18 yoshga to‘lgan yigit qizlarning nikohga kirish uchun murojaat etishlari, aksariyat hollarda esa ularning nikoh to‘ylari bo‘layotganlgini qanday tushunish mumkin? Jizzax davlat pedagogika instituti, viloyat xotin qizlar qo‘mitasi hamda “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi viloyat boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan seminar-trening ana shu savollar muhokamasiga bag‘ishlandi.

Jizzax davlat pedagogika instituti
Jizzax davlat pedagogika instituti

 

Yoshlarning turmush qurishi oldidan ota-onaning roziligi olinishi shart albatta. Ayrim yigit- qizlarimiz oilaviy hayotning murakkab tomonlarini yaxshi xis qilmaydilar. Ularni chiroyli so‘zlar, tashqi go‘zallik, zebi-ziynat, obro‘ va mansab, mashina va moddiy tomonlap qiziqtiradi. Eng achinarlisi ular “ to‘kin hayot”ni shunda deb o‘ylashadi.Bunday yuzaki tasavvurlar asosida qurilgan turmush esa hech qachon mustahkam bo‘lmaydi. Dastlabki qiyinchiliklariga duch kelgan yoshlar darrov ajralish yo‘llarini izlab qoladilar.Ularning to‘g‘ri hayot yo‘lini tanlab olishida mahalla-ko‘y, oshna-og‘aynilar, qo‘ni-qo‘shnilar, jamoa va ta’lim muassasining ham o‘rni bor. Seminarn –trneningnda so‘zga chiqqanlar o‘z fikr mulohazlarini turli misollar bilan keltirib o‘tishdi.

Jizzax davlat pedagogika instituti
Jizzax davlat pedagogika instituti

 

Shuningdek tadbirda bugun aksariyat yoshlarimiz oila-nikoh masalalariga yengil nazar bilan qarayotganligi oqibatida noxush holatlar yuzaga kelayotganligi, to‘satdan paydo bo‘lgan yuzaki “sevgi” bilan oilaviy turmush qurib bo‘lmasligini. Oila va nikoh katta ma’suliyat ekanligi ta’kidlandi.

Jizzax davlat pedagogika instituti
Jizzax davlat pedagogika instituti

 

Dunyoning yetakchi ruhshunos va shifokorlari qiz bolaning barvaqt turmush qurishi ruhiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi mumkinligi qayd etadilar. Bir muhitdan ikkinchi muhitga tushib qolgan qiz atrofdagilardan yetarli g‘amxo‘rlik ko‘rmasa, uning asab tizimi ishdan chiqishi, oqibatida ba’zi a’zolar funksiyasi buzilishini, organizm immuniteti pasayib, turli yuqumli kasalliklarga chalinuvchanlik ortishi ehtimoli yaqin bo‘larkan.” Oila ” ilmiy-amaliy markazi xodimlari tomonidan keltirib o‘tilgan hayotiyreal voqelar, fakt va misollar yuqoridagi fikrlarimizga yaqqol dalil bo‘la oladi

Oila mustahkam, tinch, farovon, sog‘lom bo‘lsagina, jamiyatda barqarorlik vujudga keladi. Uning mustahkamligi oiladagi tinch-xotirjamlik, bir-biriga bo‘lgan samimiy munosabat, oila a’zolarining axloqiy tarbiyasiga bog‘liq. Navnihol, kelajagimiz mevalari bo‘lmish yigit-qizlarimizni hayotga tayyorlash, ularda oila muqaddasligi haqidagi tushunchani mustahkamlash maqsadida o‘tkazilgan tadbir so‘ngida institut badiiy jamoasining shu mavzudagi sahnaviy ko‘rinishlari namoyish etildi

Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati


Ulashish:
1 145
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.