Korrupsiyaga qarshi kurash
Korrupsiyaga qarshi kurash
|
19/02/2026
Chop etish
Filologiya fakulteti talabalari uchun korrupsiya va uning oldini olish bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi.

Filologiya fakulteti tyutori Muqimova Gulnoza rahbarligida talaba-yoshlar ishtirokida “Kadrlar korrupsiyasi va uni bartaraf etish mexanizmlari, korrupsion jinoyatlarning oldini olish shakllari va asosiy yo‘nalishlari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Seminar davomida Virtual akademiya elektron platformasining o‘quv imkoniyatlari talabalarga batafsil tushuntirildi. Shuningdek, quyidagi mavzular atroflicha muhokama qilindi:

  • Kadrlar korrupsiyasining ta’rifi va turlari

  • Korrupsiya va korrupsion jinoyatlar ta’rifi

  • Xalqaro antikorrupsion tashabbuslar va konvensiyalarda ishtirok etish

  • Kadrlar korrupsiyasining sabablari: iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy omillar

  • Boshqaruvning shaffofsizligi va uning oqibatlari

  • Madaniyat va korrupsiya o‘rtasidagi bog‘liqlik

  • Korrupsion jinoyatlarning oldini olishning asosiy shakllari.

Seminar-trening talabalarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tushunchalarni yanada mustahkamlashga va amaliy bilimlarni oshirishga qaratildi.


Ulashish:
3 085
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.