Korrupsiyaga qarshi kurash
Korrupsiyaga qarshi kurash
|
13/03/2026
Chop etish
Fizika va texnologik ta’lim fakultetida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti Fizika va texnologik ta’lim fakulteti pedagog xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati, xususan davlat organlari xodimlarining korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar berish majburiyati hamda axborot beruvchi shaxslarni himoya qilish tartibi tushuntirildi.

Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 14-oktyabrdagi 404-sonli buyrug‘iga muvofiq korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, xizmat vazifalarini bajarish jarayonida jismoniy va yuridik shaxslardan sovg‘a va moddiy rag‘bat vositalarini qabul qilish taqiqlanishi, kadrlar bilan bog‘liq jarayonlarda shaffoflikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


Ulashish:
3 244
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.