Yangiliklar
Yangiliklar
|
30/05/2023
Chop etish
Forish so‘lim tog‘lari va ziyoratgohlariga sayohat tashkil etildi.

“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” dasturi doirasidagi bu galgi sayohat turi Forish tumaniga tashkil qilindi. Jizzax davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari va xodimlaridan iborat sayohatchilar tashrifni Mojrum qishlog‘I Xazrati Zaynulobiddin ziyoratgohidan boshlashdi. Taʼkidlash joiz ushbu zyoratgoh V-VI asrlarda qurilgan . Sayohatchilar kun davomida Nurota davlat qo‘riqxonasi xududidagi 2700 yoshli archa va Band shaharchasi Xonbandi tarixiy memorial inshoatlarni borib ko‘rishdi. Forish tumaniga tashrif buyurgan inson Xo‘jabog‘bon ota ziyoratgohiga albatta ziyyoratga bormasdan qaytmaydi.

Maʼlumotlarda keltirilishicha, Xo‘ja bog‘bon avliyo ota sifatida ulug‘lanadigan tarixiy shaxs haqida, hosiyatli buloqlar haqidagi rivoyatlar, hikoyalar yuradi. Alisher Navoiyning “Majlis un nafois” asarida bu shaxs haqida maʼlumotlar keltirilgan. Sayohatga aynan  Xo‘jabog‘bon ota ziyoratgohiga tashrif yakun yasadi.

 


Ulashish:
1 560
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.