Yangiliklar
Yangiliklar
|
15/03/2024
Chop etish
“Inklyuziv talim istiqboli: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy-texnik anjumani o‘tkazildi.

Anjumanning bosh maqsadi Inklyuziv ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro tajriba almashish, umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun malakali mutaxassislar tayyorlash muammolari va istiqbollari bo‘yicha o‘zaro aloqalarni yanada rivojlantirish, ilmiy va amaliy yutuqlar bilan o‘zaro o‘rtoqlashishdir.Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tadqiqot institutlari olimlari, professor-o‘qituvchilari, mutaxassislari, tadqiqotchilari, magistrant va iqtidorli talabalari tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari muhokama qilindi.

Inklyuziv ta’lim sinflari va boshlang‘ich tayanch korreksion sinflarda o‘quv-ta’lim jarayonini tashkil etishdagi muammolar,Inklyuziv ta’lim jarayonida umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlari tizimida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish texnologiyalarining istiqbollari, pedagog xodimlar, psixologlar  faoliyati va ota-onalar bilan hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tadqiqot institutlari olimlari, professor-o‘qituvchilari, mutaxassislari, tadqiqotchilari, magistrant va iqtidorli talabalari faol ishtirok etdilar.


Ulashish:
1 188
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.