Yangiliklar
Yangiliklar
|
22/01/2025
Chop etish
JDPU Axborot resurs markaziga press-tur tashkil etildi.
Bugun Jizzax davlat pedagogika universiteti axborot-resurs markazida ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar uchun navbatdagi press-tur tashkil etildi.

Ishtirokchilar dastlab universitetining 50 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan “Universitet tarixi” muzeyi faoliyati bilan tanishishdi.Muzey rahbari Baxtigul Ergasheva jurnalist va blogerlarga muzeyning tashkil etilishi tarixi va u yerdagi tarixiy eksponatlar haqida gapirib berdi.

Shundan so‘ng mehmonlar axborot-resurs markazida tashkil etilgan Besh tashabbus xonasiga tashrif buyurishdi. Bu yerda ular mutaxassislardan Zakovatchi talabalar va kibersportga qiziquvchi yoshlar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirishdi.

Keyingi manzil axborot-resurs markazining yangi ta’mirlangan 3 qavat “Innovatsion axborot xizmatlari“ ko‘rsatish zaliga  bo‘lib, ishtirokchilar  yangi kelgan adabiyotlar, professor-o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan monografiyalar, o‘quv qo‘llanmalar, darsliklar va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirildi.

Tadbir davomida ARM direktori Robiya Ishnazarova kutubxona fondi, 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar, universitetga qarashli TTJ va fakultetlarda  faoliyat yuritayotgan kutubxonalar faoliyati yuzasidan axborot berdi.


Ulashish:
728
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.