Yangiliklar
Yangiliklar
|
09/07/2024
Chop etish
JDPU o‘qituvchilari Portsmud universitetiga «Visiting Researcher Program» dasturi bo‘yicha ilmiy pedagogik stajirovka o‘tashga yuborildi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti bilan Buyuk Britaniyaning Portsmud Universiteti o‘rtasida tuzilgan hamkorlik Memorandumi doirasida JDPU Xorijiy tillar fakultetining 7 nafar professor o‘qituvchilari Portsmud universitetiga «Visiting Researcher Program» dasturi bo‘yicha ilmiy pedagogik stajirovka o‘tashga yuborildi. Portsmud universiteti prorektori Stiven Korbet, fakultet dekani Marjori Martin bilan uchrashib ilmiy stajirovka bo‘yicha qilinadigan ishlar rejasi belgilab olindi.

Professor Peter Watkins ham zamonaviy ta’lim texnologiyalari bo‘yicha o‘zining tavsiyalari va tajribasi bilan bo‘lishdi.

Bunday xalqaro hamkorliklar uzoq yillar Oliy o‘quv yurtining nufuzi, salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.


Ulashish:
1 266
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.