Yangiliklar
Yangiliklar
|
26/05/2026
Chop etish
JDPU professor-o‘qituvchilari Malayziyada malaka oshirib qaytdi

Jzzax davlat pedagogika universitetining 22 nafar professor-o‘qituvchilari Malayziyaning Utara universitetida 11–25-may kunlari tashkil etilgan xalqaro malaka oshirish kurslarida ishtirok etib, zamonaviy pedagogik yondashuvlar bo‘yicha o‘z bilim va kasbiy tajribalarini yanada boyitib qaytdilar.

Dasturlar xorijlik professor-o‘qituvchilar ishtirokida yuqori ilmiy va amaliy saviyada tashkil etildi.

Malaka oshirish jarayonida ishtirokchilar uchun zamonaviy ta’limning dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari olib borildi. Jumladan, o‘qitish va o‘rganishga ilmiy yondashuv (SoTL), sun’iy intellekt (AI), Padlet platformasi va interaktiv ta’lim texnologiyalari, muammo asosida o‘qitish (PBL), oliy ta’limda baholash tizimi, o‘qituvchilik yetakchiligi va rivojlanishi, kelajakka tayyor o‘quv dasturlari hamda raqamli ta’limni o‘zgartiruvchi yondashuvlar kabi mavzular qamrab olindi.

Mazkur xalqaro dastur davomida Malayziyaning tajribali professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilgan mashg‘ulotlar ishtirokchilarga ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘zlashtirish, zamonaviy ta’lim tendensiyalarini chuqur anglash hamda ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha muhim imkoniyat yaratdi.


Ulashish:
473
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.