Yangiliklar
Yangiliklar
|
07/12/2025
Chop etish
JDPU rahbariyati talabalar turar joylarida yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti rahbariyati, prorektorlar hamda tegishli bo‘lim boshliqlari Talabalar turar joyiga tashrif buyurib, yotoqxonalardagi mavjud sharoitlar va talabalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini o‘rgandilar.

Tashrif avvalo yotoqxona komendantlari bilan uchrashuvdan boshlandi. Suhbat davomida ular tomonidan yotoqxonalardagi tartib-intizom, yuritilayotgan ishlar hamda mavjud muammolar haqida ma’lumot berildi.

Shundan so‘ng rahbariyat tibbiyot xonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Talabalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar, dori-darmonlar zaxirasi, sanitariya qoidalariga rioya etilishi kabi masalalar o‘rganildi.

 

Tashrif davomida oshxona, yotoqxonalardagi xonalar, maishiy xizmat joylari va umumiy foydalanish hududlarining sanitariya holati ham ko‘zdan kechirildi. Talabalarga qulay va xavfsiz yashash muhitini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Rahbariyat, shuningdek, sport bilan shug‘ullanish va mavsumiy madaniy tadbirlarni tashkil etish uchun yaratilgan infratuzilma holatini ham o‘rganib chiqdi. Sport zali, maydonchalar va uskunalarning holati, ulardan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilindi.

Uchrashuv davomida talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning fikr-mulohazalari, taklif va muammolari tinglandi. Muloqot davomida ma’lum bo‘lgan masalalarni bosqichma-bosqich hal etish vazifalari belgilandi.

JDPU rahbariyati talabalarning ta’lim olish va turmush sharoitlarini yanada yaxshilash borasida ishlar izchil davom ettirilishini qayd etdi.


Ulashish:
1 696
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.