Yangiliklar
Yangiliklar
|
02/09/2025
Chop etish
JDPU rektori 45-umumta’lim maktabida tantanali tadbirda qatnashdi.

Bugun, 2-sentyabr kuni, Jizzax viloyatidagi 560 ta umumta’lim maktablarida 2025–2026 o‘quv yili darslari tantanali ravishda boshlandi. Joriy o‘quv yilida viloyat bo‘yicha 30 643 nafar bolajon 1-sinfga qabul qilinib, ularga 12 turdagi o‘quv qurollari, maktab sumkasi va darsliklar majmuasidan iborat Prezident sovg‘alari topshirildi.

Shuningdek, yangi o‘quv yili arafasida viloyatimizda 6 ta yangi maktab qurilib, foydalanishga topshirildi. Aytish lozimki, hozirda Jizzax viloyati maktablarida tahsil olayotgan 270 689 nafar o‘quvchi ishtirokida tashkil etilayotgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida mahalliy hokimlik va keng jamoatchilik vakillari, mahalla faollari, o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari keng ishtirok etmoqda.

Mazkur tadbirlar “Vatan uchun, xalq uchun, millat uchun” shiori ostida o‘tkazilib, unda xalqimiz ardog‘idagi insonlar, maktablarning faxriy bitiruvchilari hamda davlat idoralari rahbarlari ishtirok etmoqda.

Sharof Rashidov tumanidagi “Ko‘rpasoy” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 45-umumta’lim maktabida ham katta bayram tantanalari bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Maqsud Yuldashev ishtirok etib, maktab jamoasi va o‘quvchilarni samimiy tabrikladi.

Rektor o‘z nutqida maktabgacha va umumta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Bayram tantanalari yakunida esa u 1-sinf o‘quvchilariga Prezident sovg‘alarini topshirdi.


Ulashish:
2 253
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.