Yangiliklar
Yangiliklar
|
09/04/2026
Chop etish
JDPU vakillari Turkiyada amaliyot va xalqaro taqdimot bilan ishtirok etmoqda.

Filologiya fakulteti v.b. dotsenti Qurbonova Gulbahor Safarovna hamda talabasi Visola Tursunova Turkiyaning Anadolu universitetida amaliyot o‘tamoqda.

Amaliyot doirasida universitet professor-o‘qituvchilari va rahbariyati uchun “O‘zbekiston ta’lim tizimidagi yutuqlar” mavzusida taqdimot o‘tkazilib, xususan, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar haqidagi ma’lumotlar katta qiziqish uyg‘otdi.

Shuningdek, tadbir davomida Visola Tursunova turk tilida nashr etilgan “Hilvis” nomli she’riy to‘plamini taqdim etdi.


Ulashish:
693
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.