Yangiliklar
Yangiliklar
|
20/02/2025
Chop etish
JDPU Xorijiy tillar fakultetida  “Muvaffaqiyatga erishish sirlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Jizzax shahar Prezident maktabi direktori, “Mastery”o‘quv markazi hamda xususiy maktab asoschisi bo‘lgan G‘aybullayev Azizbek ishtirokida o‘tgan davra suhbatini Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.I.Nazarqosimov ochib berdi.

U o‘z so‘zida “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi, “Yoshlar ishlari agentligi” tashabbusi bilan “MFactor” hamda viloyatlar hokimliklari bilan hamkorlikda yurtimiz bo‘ylab ilk bora tashkil etilgan hamda barcha hududlar qamrab olingan “BIZNES MARAFON” kelajagini o‘z qo‘li bilan yaratish istagida bo‘lgan yoshlar uchun ayni muddao ekanligini ta’kidladi.

Ta’kidlash joiz, Respublikamizning barcha viloyat va shaharlarida o‘tkazilgan “BIZNES MARAFON” dastlabki bosqichda 30 000 ga yaqin yoshlarni oflayn, 500 000 ga yaqin yoshlarni esa onlayn qamrab olishga muvaffaq bo‘ldi. Chinakam mahorat darsiga aylangan ochiq muloqot davomida mehmon muvaffaqiyat, yaxshi natija, yutuq va omadga erishish yo‘lida nimalarga e’tibor berish lozimligi, ishtiyoq va umidni so‘ndirmaslik uchun harakatdan to‘xtamaslik kerakligi haqida maslahat va tavsiyalarni berdi.


Ulashish:
565
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.