Yangiliklar
Yangiliklar
|
13/11/2024
Chop etish
JDPUda “Fizika fanini o‘qitishda raqamli texnologiyalardan foydalanishning dolzarb muammolari” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda “Zamonaviy fizika va astronomiyaning dolzarb muammolari va yechimlari”, “Fizika va astronomiyani o‘qitishda zamonaviy pedagogik va raqamli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish istiqbollari”, “Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitishda fanlararo aloqadorlikni tashkil etish usullari” ,“Fizika va texnika fanlarining integratsiyasi asosida raqamli texnologiyalardan foydalanish” yo‘nalishlarida respublikamizning yetakchi universitetlarida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar va tadqiqotchilarning ilg‘or tajribalari muhokama qilindi.

Anjumanning maqsadi Respublika Oliy ta‟lim muassasalari hamda ilmiy tekshirish institutlarida faoliyat olib borayotgan olimlarning hamkorligini kengaytirish, fizika va tabiiy fanlarini o‘qitish metodlari hamda yangi ilmiytadqiqot natijalarini muhokama qilish, istiqbolli yo‘nalishlarni belgilab olish hamda hamkorlik qilishdan iboratdir.

Anjuman Zamonaviy fizika va astronomiyaning dolzarb muammolari va yechimlari, Fizika va astronomiyani o‘qitishda zamonaviy pedagogik va raqamli ta‟lim texnologiyalaridan foydalanish istiqbollari, Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitishda fanlararo aloqadorlikni tashkil etish usullari, Fizika va texnika fanlarining integratsiyasi asosida raqamli texnologiyalardan foydalanish shu’balarga bo‘lingan holda faoliyatini davom ettirdi.


Ulashish:
1 020
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU o‘qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirmoqda
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
JDPUda texnikum bitiruvchilari uchun suhbat asosidagi imtihonlar davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari bugun ikkinchi kun davom etmoqda.
Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish imtihonlari boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga qabul qilish jarayonlari boshlandi.